FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASHDA INTEGRATSIYA MASALASI
Keywords:
nutqiy kompetensiya, fanlararo aloqadorlik, integratsiya, ta’lim mazmuni, innovatsion o‘qitish, multimedia resurslariAbstract
Fanlararo aloqadorlik asosida nutq kompetensiyasini rivojlantiruvchi ta’lim vazifalarini tashkil etishda integratsiya masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Nutqiy kompetensiyani shakllantirishda turli fanlar mazmunini uyg‘unlashtirish, qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratish, samarali o‘qitish usullari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia resurslaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Shu bilan birga, integratsiya jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ilg‘or xorijiy tajribalar va sohadagi zamonaviy tadqiqotlar tahlili asosida ta’limning barcha bosqichlarida nutqni rivojlantirish strategiyalarini fanlararo yondashuv asosida samarali joriy etish imkoniyatlari yoritilgan.