BUYRAK BIOKIMYOSI
Keywords:
buyrak, biokimyo, gomeostaz, filtratsiya, reabsorbsiya, sekretsiya, kreatinin, mochevina, siydik kislotasi, metabolizm.Abstract
Ushbu maqolada buyraklarning biokimyoviy funksiyalari, modda almashinuvidagi o‘rni va organizm ichki muhitini saqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Buyraklar organizmda gomeostazni ta’minlovchi asosiy a’zolardan biri bo‘lib, ular orqali suv-tuz muvozanati, kislota-ishqor holati hamda azot almashinuvi mahsulotlari chiqarilishi boshqariladi. Maqolada buyraklarda sodir bo‘ladigan asosiy biokimyoviy jarayonlar — glomerulyar filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kreatinin, mochevina, siydik kislotasi kabi metabolitlarning almashinuvi va chiqarilishi muhim diagnostik ko‘rsatkich sifatida tahlil qilingan. Buyrak faoliyatining buzilishi organizmda metabolik o‘zgarishlarga olib kelishi va turli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi ta’kidlangan.
References
1. ISBN 978-9943-08-010-2 © R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil
2. Olim Obidovich OBIDOV Aziza Abdinazarovna JO‘RAYEVA BIOLOGIK KIMYO « E X T R E M U M P R E S S » n ash riy o ti, T o sh k en t sh., J. O b id o v a k ., 160
3. R.G‘.Sultоnоv, N.M. Хоlmuhаmmеdоvа, SH.F.Karimova, U.L.Sultonho‘jaev. “Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr” Toshkent 2006-yil