ONKOLOGIYADA TARGET TERAPIYANING TA’SIR MEXANIZMI VA KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
Target terapiya, onkologiya, saraton kasalligi, molekulyar davolash, genetik mutatsiya, EGFR mutatsiyasi, HER2 retseptori, individual davolash, apoptoz, immun tizim, o‘sma hujayralari, metastazAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy onkologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan target (maqsadli) terapiya va an’anaviy kimyoterapiya o‘rtasidagi asosiy farqlar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — ushbu ikki davolash usulining molekulyar mexanizmlari, klinik samaradorligi hamda bemor hayot sifatiga ta’sirini qiyosiy baholashdan iborat. Maqolada target terapiyaning o‘ziga xos jihati sifatida uning o‘sma hujayralaridagi aniq molekulyar nishonlarga selektiv ta’sir ko‘rsatishi, sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazish darajasining pastligi va nojo‘ya ta’sirlarning nisbatan kam uchrashi asoslab beriladi. Shu bilan birga, kimyoterapiyaning tez bo‘linuvchi hujayralarga umumiy sitotoksik ta’siri tufayli sog‘lom hujayralar ham zararlanishi, natijada ko‘plab nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi yoritiladi. Target terapiya esa individual yondashuvga asoslangan bo‘lib, bemorning genetik va molekulyar profiliga mos ravishda qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek, har ikki usulning afzallik va cheklovlari, ularning kombinatsiyalangan qo‘llanilishi natijasida erishilayotgan ijobiy klinik natijalar keng yoritilgan. O‘tkazilgan tahlillar asosida target terapiyaning zamonaviy onkologiyada tobora muhim ahamiyat kasb etayotgani hamda shaxsiylashtirilgan tibbiyot rivojida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib berilgan.
References
1.GLOBOCAN (Global Cancer Observatory). Cancer Today: Estimates of incidence and mortality worldwide, 2020.
2.Yeuan Ting Lee, Yi Jer Tan, Chern Ein Oon. Molecular targeted therapies in cancer: A review. European Journal of Pharmacology.
3.Martin L Ashdown va boshqalar. F1000Res . 2015-yil.
4.Tung Hoang va boshqalar. J Clin Med . 2020-yil.