SURUNKALI ENDOMETRIT TASHXISOTIDA MULTIPARAMETRIK ULTRATOVUSH USULINING AHAMIYATI
Keywords:
endometrit, ultratovush tekshiruvi (UTT), kichik chanoq a’zolari, differensial tashxis, reproduktiv yoshAbstract
Surunkali endometrit reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan ginekologik muammolardan biri hisoblanadi [1]. Ushbu kasalliklar ko‘pincha bakterial infeksiya, tug‘ruq yoki abortdan keyingi asoratlar, kontratseptiv vositalardan foydalanish hamda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi natijasida rivojlanishi mumkin [1,2]. Bachadon yallig‘lanishi pastki qorin sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, qindan patologik ajralmalar va hayz siklining buzilishi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi [2]. Bachadon yallig‘lanish kasalliklarini boshqa ginekologik patologiyalardan differensial tashxislash muhim ahamiyatga ega, chunki vaqtida aniqlanmagan yallig‘lanish jarayonlari bepushtlik, surunkali og‘riq sindromi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin [2,4]. Shu sababli zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi [2,3]. Hozirgi kunda ultratovush tekshiruvi (UTT) bachadon va kichik chanoq a’zolarining tuzilmasini baholashda eng samarali va keng qo‘llaniladigan instrumental usullardan biri hisoblanadi [3]. UTT yordamida bachadon devorining qalinlashuvi, endometriy tuzilmasidagi o‘zgarishlar, bachadon bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi belgilarini aniqlash mumkin [2,3,4]. Ultratovush tekshiruvi bachadon yallig‘lanish kasalliklarini erta aniqlash, differensial tashxislash va davolash samaradorligini baholashda ishonchli, xavfsiz hamda noinvaziv diagnostik usullardan biri hisoblanadi [5].
References
1) Зароченцева Н.В., Аршакян А.К., Меньшикова Н.С., Титченко Ю.П. Хронический эндометрит: этиология, клиника, диагностика, лечение. Российский вестник акушера-гинеколога. 2013;
Puente E., Alonso L., Lagana A.S., Ghezzi F., Casarin J., Carugno J. Chronic endometritis: old problem, novel insights and future challenges. Int. J. Fertil. Steril. 2020;
2) Краснопольский В.И., Буянова С.Н., Щукина Н.А. Гнойная гинекология. М.: МЕДпресс; 2001.
3) Оразов М.Р., Михалева Л.М., Семенов П.А., Орехов Р.Е., Лагутина Е.В. Эффективность лечения хронического эндометрита у женщин с неудачами имплантации в анамнезе. Трудный пациент. 2020;
4) Прошин С.Н., Глушаков Р.И., Семенова И.В., Воробцова И.Н., СайковскаяЛ.А., Тапильская Н.И. Клинико-иммунологические критерии эффективности нуклеоспермата натрия в лечении хронического эндометрита у пациенток с бесплодием и папилломавирусной инфекцией. Экспериментальная и клиническая фармакология. 2013;
5) Радзинский В.Е., Оразов М.Р., Токтар Л.Р. Михалева Л.М., Семенов П.А., Орехов Р.Е. и др. Эффект «разбросанных пазлов»: имплантационные нарушения при хроническом эндометрите. Гинекология. 2020;
6) Espinoza J., Erez O., Romero R. Preconceptional antibiotic treatment to prevent preterm birth in women with a previous preterm delivery. Am. J. Obstet. Gynecol. 2006;