KONTRAFAKT MAHSULOTLAR: YASHIRIN IQTISODIYOTNING KO‘RINMAS TAHDIDI
Abstract
Dunyoning barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qatori mamlakatimizning iqtisodiyotiga va aholining salomatligiga jiddiy xavf solayotgan asosiy omillardan biri bu mamlakatga noqonuniy yoʻllar bilan sifatsiz tovar-moddiy boyliklarini olib kirilishidir. Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasida “ Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.”, - deb belgilangan.
Downloads
Published
2026-07-31