SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN ASARLARGA MUALLIFLIK HUQUQINI BERISH VA BERMASLIKNING IQTISODIY-HUQUQIY OQIBATLARI: QIYOSIY TAHLIL

Authors

  • Sa’dullayev Akobir Nurbek o’g’li Author

Keywords:

sun’iy intellekt, mualliflik huquqi, pragmatik-utilitarizm, tarmoq effekti, ijodiy nazorat, prognozli tahlil, Bern konvensiyasi, raqamli iqtisodiyot

Abstract

Generativ sun’iy intellekt (SI) modellarining jadal evolyutsiyasi intellektual mulk huquqining klassik inson-markazlik doktrinasini konseptual inqirozga uchratdi. Bern konvensiyasi, TRIPS va WCT kabi xalqaro shartnomalarning turg’unligi sharoitida, SI asarlariga mualliflik huquqini rad etish raqamli iqtisodiyotda investitsion va ijodiy turg’unlik xavfini tug’dirmoqda. Ushbu maqolada SI asarlariga huquq berish va bermaslikning iqtisodiy-huquqiy oqibatlari pragmatik-utilitar yondashuv hamda xalqaro pretsedentlar (Thaler v. Perlmutter, Pekin internet sudi qarorlari) asosida prognozli modellashtiriladi. Tadqiqotda huquqiy restriksiya (cheklash) modelining ijodiy faollikni bo’g’ishi, aksincha, foydalanuvchini huquq subyekti deb tan olish esa tarmoq effektini yuzaga keltirib, ommaviy so’rovlar (promptlar) oqimi orqali texnologik bazaning geometrik progressiyada rivojlanishiga, dasturchi, davlat va jamiyat uchun zanjirli strategik manfaatla yaratishiga olib kelishi isbotlanadi. Maqola yakunida foydalanuvchining «ijodiy nazorat va saralash» mezoni asosida mualliflik maqomini qonuniy mustahkamlash bo’yicha tavsiyalar ilgari suriladi.

References

1. Oʻzbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi . IV boʻlim. Intellektual mulk. https://lex.uz/docs/-180552#-197231

2. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.07.2006 yildagi O‘RQ-42-son https://lex.uz/docs/-1022944

3. Bern konvensiyasi (1886, 1971 Parij tahriri) https://www.wipo.int/wipolex/en/text/283698

4. TRIPS shartnomasi (1994) https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/27-trips_04_e.htm

5. WCT — WIPO Mualliflik huquqi shartnomasi (1996) https://www.wipo.int/wipolex/en/text/295157

6. Landes W.M., Posner R.A. — «An Economic Analysis of Copyright Law» (1989)

7. Thaler v. Perlmutter, 687 F. Supp. 3d 140 (D.D.C. 2023)

8. Thaler v. Perlmutter (D.C. Circuit, 2025)

9. Li Yunkai v. Liu Yuanchun, (2023) Jing 0491 Min Chu No. 11279

10. US Copyright Office — Copyright Registration Guidance (2023)

11. Metcalfe R. — tarmoq effekti nazariyasi (1980)

12. Buyuk Britaniya CDPA 1988

Downloads

Published

2026-06-13