XALQARO INVESTITSIYA SHARTNOMALARIDA EKOLOGIK NORMALARNING AHAMIYATI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR, MUAMMOLAR VA HUQUQIY YECHIMLAR
Keywords:
Xalqaro investitsiya shartnomalari (international investment contracts), ekologik normalar, barqarorlashtirish bandlari (stabilization clauses), kontraktualizatsiya, ISDS (investor va davlat o'rtasidagi nizolarni hal qilish), ekologik qarshi da'volar (environmental counterclaims), tartibga solish huquqi (right to regulate police powers).Abstract
Mazkur maqola xalqaro investitsiya shartnomalarida ekologik normalarning tutgan o‘rni va amaliy ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Global iqlim o‘zgarishi va xorijiy investitsiyalarni himoya qilish o‘rtasidagi to‘qnashuvlar xalqaro arbitraj (ISDS) tizimida o‘ta bahsli va ziddiyatli holatlarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada shartnomaviy barqarorlashtirish shartlari (stabilization clauses) davlatning suveren tartibga solish huquqini qanday cheklab qo‘yayotgani, shuningdek, ekologiya bilan bog‘liq istisnolar nima uchun kutilgan samarani bermayotgani ko‘rib chiqiladi. Bunga muqobil yechim sifatida, ekologik kafolatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma matniga ko‘chirish hamda UNCITRAL islohotlari orqali kiritilayotgan “ko‘zda tutilgan rozilik” (implied consent) asosida davlatlarning ekologik qarshi da’volari batafsil tahlil qilinadi.