MALAKA VA INTIZOM KOMISSIYALARINI INSTITUTSIONAL JIHATDAN AJRATISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
advokatura, malaka komissiyasi, intizom komissiyasi, vakolatlar taqsimoti, o‘zini o‘zi boshqarish, Konferensiya, proportsionallik prinsipi, institutsional mustaqillik, boshqaruv islohotiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tizimida malaka va intizom komissiyalarining vakolatlarini institutsional jihatdan ajratish masalasi ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot amaldagi normativ-huquqiy asoslar, qiyosiy-huquqiy yondashuv hamda sotsiologik so‘rov natijalari asosida amalga oshirilgan. Muallif advokatlik kasbiga qabul qilish va intizomiy nazorat funksiyalarining bitta organ doirasida jamlanishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishini asoslab, vakolatlarni aniq ajratishga qaratilgan yangi institutsional modelni taklif etadi. Shuningdek, Konferensiya chaqiruv davriyligini ikki yil etib belgilash, delegatlarni proportsionallik prinsipi asosida saylash hamda Oliy malaka komissiyasi tarkibiga qo‘yiladigan talablarni normativ jihatdan mustahkamlash yuzasidan aniq takliflar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 12-modda.
4. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Ustavi. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi III Konferensiyasining 2018-yil 17-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan, 2018-yil 26-dekabrda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
5. Abel R., Lewis P.S.C. (eds.). Lawyers in Society: An Overview. – Berkeley: University of California Press, 1995.
6. Dexanov S.A. Advokatura v Zapadnoy Yevrope. – Moskva, 2010.