O‘ZBEKISTONDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI QABUL QILISH JARAYONLARI
Keywords:
normativ-huquqiy hujjat, huquq ijodkorligi, qonun loyihasi, huquqiy ekspertiza, ijtimoiy norma, qonunosti hujjati, davlat ro‘yxati, rasmiy nashr, huquqiy texnika, qonuniylikAbstract
ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni (NHH) ishlab chiqish va qabul qilishning huquqiy mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy normalarning tarixiy ildizlari, jumladan, Qadimgi Sharq qonunchiligi va Xammurapi qonunlaridagi tartib-taomillar hozirgi davr bilan qiyoslanadi. Maqolada NHH tushunchasiga nazariy ta’rif berilib, uning asosiy xususiyatlari va ijtimoiy normalardan farqli jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, hujjatlarni qonun va qonunosti hujjatlariga tasniflash mezonlari, loyihalarni rejalashtirish, ekspertizadan o‘tkazish (huquqiy, iqtisodiy, korrupsiyaga qarshi), Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olish hamda rasmiy e’lon qilishning o‘ziga
xos bosqichlari yoritilgan.
References
1. Islomov.Z.M.Davlat va huquq nazariyasi.-Toshkent:Adolat, 2007.-653-654-bet.
2. Muqimov Z. Chet (xorijiy) mamalakatlar davlati va huquqi tarixi. T.:Akademnashr 2012.-27-bet.
3. Muqimov Z. Chet (xorijiy) mamlakatlar davlati va huquqi va tarixi /Z.Muqimov.-T.:”Akademnashr” 2012.-30-34-betlar).
4. X.T. Odilqoriyev. “Davlat va huquq nazariyasi”/ Adolat. T – 2018. 255-bet.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.04.2021 yildagi O‘RQ-682-son
1-modda.
6. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O'RQ-1054. 10.04.2025. Qonunlar loyihalarini.