ELEKTRON TIJORATDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY JIHATLARI
Keywords:
elektron tijorat, sun’iy intellekt, shartnoma huquqi, platforma javobgarligi, shaxsga doir ma’lumotlar, algoritmik shaffoflik, iste’molchi huquqlari, raqamli platformalarAbstract
Mazkur maqolada elektron tijoratda sun’iy intellektdan foydalanishning xususiy-huquqiy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida elektron bitimlarning huquqiy tabiati, platforma operatorining javobgarligi, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish rejimi, algoritmik shaffoflik va zarar uchun javobgarlikning taqsimoti turadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangi o‘zgarishlar, xususan elektron tijorat, shaxsga doir ma’lumotlar va sun’iy intellektni tartibga solishga oid hujjatlar YI huquqi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Muallif elektron tijoratda sun’iy intellektni alohida huquq subyekti emas, balki shartnoma tuzish va bajarishda qo‘llaniladigan texnologik instrument sifatida baholashni taklif etadi. Ilmiy yangilik platforma javobgarligini “nazorat va iqtisodiy manfaat” mezoni asosida aniqlash, shuningdek “funktsional shaffoflik” va “ma’lumotlar bo‘yicha ehtiyotkorlik majburiyati” kabi kategoriyalarni xususiy huquq doirasida tizimlashtirishda namoyon bo‘ladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-792-son Qonuni “Elektron tijorat to‘g‘risida”. https://lex.uz/uz/docs/-6213382.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Birinchi va ikkinchi qismlar. LEX.UZ. URL: https://lex.uz/docs/-111189 https://lex.uz/docs/-180552.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son Qonuni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/-4704.
4. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son Qonuni “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”.: https://lex.uz/acts/-4396419.
5. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-apreldagi 611-II-son Qonuni “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”.https://lex.uz/docs/-165079.
6. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-793-son Qonuni “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/-6234904.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son qarori “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/-7282643.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/-7158604.
9. O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-yanvardagi O‘RQ-1115-son Qonuni “Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”. https://lex.uz/uz/docs/-8008401.
10. Regulation (EU) 2024/1689 of the European Parliament and of the Council of 13 June 2024 laying down harmonised rules on artificial intelligence (Artificial Intelligence Act) https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2024/1689/oj/eng; https://digital-strategy.ec.europa.eu/en/policies/regulatory-framework-ai.
11. Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the Council of 27 April 2016 (General Data Protection Regulation): https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2016/679/oj/eng.
12. Regulation (EU) 2022/2065 of the European Parliament and of the Council of 19 October 2022 on a Single Market for Digital Services (Digital Services Act). https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2022/2065/oj/eng.
13.Pasquale F. The Black Box Society: The Secret Algorithms That Control Money and Information. Cambridge, MA: Harvard University Press, 2015. 320 p.