"MY.GOV.UZ VA DXM INTEGRATSIYASI: FUQAROLAR UCHUN QANDAY YANGI IMKONIYATLAR OCHILMOQDA?"
Keywords:
davlat xizmatlari, raqamli transformatsiya, my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazi, elektron hukumat, idoralararo integratsiya, raqamli identifikatsiya, OneID, kompozit xizmatlar, proaktiv xizmatlar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimining raqamli transformatsiyasi, xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy faoliyati tahlil qilinadi. Unda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda elektron va an’anaviy xizmat kanallarining o‘zaro uyg‘unligi, idoralararo elektron hamkorlik, ma’lumotlar almashinuvi, raqamli identifikatsiya, kompozit va proaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi yoritiladi. Shuningdek, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida ortiqcha hujjat va ma’lumotlarni taqdim etish zaruratini kamaytirish, xizmatlarni tezkor va qulay shaklda ko‘rsatish hamda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada davlat xizmatlarining kelgusidagi rivojlanish istiqbollari va fuqaroga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish modelini takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ–395-son “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi O‘RQ–457-son “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF–5278-son “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ–3430-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 353-son “Davlat elektron xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi tartibi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi PQ–265-son “Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz