O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA RAQAMLASHTIRISH ODIMLARI

Authors

  • Zarina Akmal qizi Shuxratova Author
  • Sherzod Iskandarov Author

Keywords:

Innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish, DMED, E-Hukumat, Ijtimoiy Himoya Yagona Reestri, Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi, YIDXP, FinTech, E-IMZO

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni innovatsion rivojlantirish va raqamlashtirishning asosiy bosqichlari, erishilgan natijalari va strategik ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, moliya va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda joriy etilgan «Elektron hukumat», FinTech va «Aqlli qishloq xo‘jaligi» kabi zamonaviy texnologiyalar yoritilgan. Shuningdek, maqolada raqamli infratuzilmani hududlararo teng ta’minlash va aholining raqamli savodxonligini oshirish kabi hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar ko‘rib chiqiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2020) PF-6079-sonli Farmoni «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

2. Turdiyev Abdullo Sagdullayevich (2024), Raqamli iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlari yaratish va ishchi kuchining moslashuvi https://zenodo.org.

3. O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi, Sardor Yusupov, (2025), https://kun.uz.

4. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) ma’lumotlari (my.gov.uz). (URL manzili: https://www.my.gov.uz/).

5. “Aqlli” qishloq xo‘jaligi, Iroda Toshmatova, (2021) https://yuz.uz.

6. FinTech sanoati sharhi: O‘zbekistonda startapchilar uchun imkoniyatlar va istiqbollar (2023/2025) https://startupbase.uz.

Downloads

Published

2025-12-09