BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIKNI ANIQLASHDA UTTNING ROLI
Keywords:
Sonografiya, HGCh gematoperitoneum, differensial diagnostikaAbstract
Bachadondan tashqari homiladorlik ginekologik amaliyotda uchraydigan eng muhim va xavfli patologik holatlardan biri hisoblanadi [1]. Ushbu holat homilaning bachadon bo‘shlig‘idan tashqarida joylashib rivojlanishi bilan tavsiflanadi va ko‘pincha reproduktiv yoshdagi ayollarda kuzatiladi[1,2,3]. Xavf omillari qatoriga 35 yoshdan yuqori bo‘lish, lozim anamnezida ko‘p marotaba abortlarning mavjudligi, bachadon ichi kontratseptiv vositalaridan foydalanish hamda ayol organizmida jinsiy gormonlar — estrogen va progesteron yetishmovchiligi kabi holatlar kiradi. [3].
Bachadondan tashqari homiladorlikning klinik belgilari ko‘pincha boshqa o‘tkir ginekologik kasalliklarga o‘xshash bo‘lishi mumkin [4]. Shu sababli uni tuxumdon kistasining yorilishi, kista oyoqchasining buralishi, tuxumdon apopleksiyasi kabi patologik holatlardan differensial tashxislash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatlarda aniq va tezkor tashxis qo‘yish bemor hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi[5]. Zamonaviy diagnostika usullari orasida ultratovush tekshiruvi (UTT) alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa transvaginal ultratovush tekshiruvi kichik chanoq a’zolarining aniq va batafsil tasvirini olish imkonini beradi. Ushbu usul yordamida bachadon bo‘shlig‘ida gestatsion qopchaning mavjudligi yoki yo‘qligi, bachadon naylari sohada patologik tuzilmalar hamda qorin bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik aniqlanishi mumkin[6].Shuningdek, bu usul bachadondan tashqari homiladorlikni erta bosqichlarda aniqlash, asoratlarning oldini olish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashda katta diagno stik ahamiyatga ega[7]. Shu bois transvaginal ultratovush tekshiruvi bachadondan tashqari homiladorlikni erta tashxislashda ishonchli, xavfsiz va noinvaziv diagnostik usullardan biri hisoblanadi[8].