STARTAPLAR FAOLIYATINING RAQOBATGA TA’SIRINI FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Keywords:
startap, raqobat, fuqarolik-huquqiy tartibga solish, innovatsiya, investitsiya, intellektual mulk, raqamli bozor, venchur investitsiya, iqtisodiy konsentratsiya, potensial raqobat, killer acquisition.Abstract
Mazkur maqolada startaplar faoliyatining raqobat muhitiga ta’siri va ushbu munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida startaplar innovatsion mahsulot va xizmatlarni bozorga olib kirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, startaplarning yirik kompaniyalar tomonidan sotib olinishi, eksklyuziv shartnomalar tuzilishi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishning cheklanishi va raqamli platformalarga qaramlik kabi holatlar raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada startaplarning fuqarolik-huquqiy maqomi, investitsiya va shartnomaviy munosabatlari, intellektual mulk huquqi hamda startaplarni qo‘shib olish va sotib olish bilan bog‘liq bitimlarning raqobatga ta’siri o‘rganiladi. Xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
References
1. Cunningham C., Ederer F., Ma S. Killer Acquisitions. Journal of Political Economy. 2021. Vol. 129, No. 3. P. 649–702.
2. Motta M., Peitz M. Big Tech Mergers. Information Economics and Policy. 2021.
3. Crémer J., de Montjoye Y.-A., Schweitzer H. Competition Policy for the Digital Era. European Commission, 2019.
4. OECD. Start-ups, Killer Acquisitions and Merger Control. OECD Competition Policy Roundtable materials.
5. European Commission. Guidelines on the assessment of horizontal mergers under the Council Regulation on the control of concentrations between undertakings.
6. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ–850-son, 03.07.2023.
7. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.
9. O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
10. O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni.