KRIPTOVALYUTA VA NFTLARGA OID NIZOLARNI XALQARO ARBITRAJDA HAL ETISHNING ZAMONAVIY HUQUQIY MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Keywords:
kriptovalyuta, NFT, virtual aktiv, blockchain, smart-kontrakt, xalqaro arbitraj, arbitrabillik, DAO, on-chain dispute resolution, arbitraj kelishuvi, Nyu-York konvensiyasi, raqamli iqtisodiyotAbstract
Mazkur maqolada kriptovalyutalar, NFTlar va boshqa virtual aktivlar bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kriptovalyuta va NFTlarning xalqaro huquqiy tabiati, ularning turli davlatlar qonunchiligidagi huquqiy maqomi hamda arbitrabillik masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, smart-kontraktlarning huquqiy mohiyati, “code is law” konsepsiyasining mazmuni va DAO hamda on-chain dispute resolution mexanizmlarining arbitraj amaliyotiga ta’siri yoritilgan.
Maqolada ICC, LCIA va SIAC kabi yetakchi xalqaro arbitraj institutlari amaliyotida raqamli aktivlarga oid nizolarni ko‘rib chiqish tendensiyalari tahlil qilinib, kriptoaktivlarga oid arbitraj kelishuvlari hamda arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bilan bog‘liq muammolar ochib berilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida virtual aktivlar bozorini huquqiy tartibga solishning amaldagi holati baholanib, kriptoaktivlarga oid nizolarni arbitraj orqali hal etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro arbitraj raqamli iqtisodiyot sharoitida kriptovalyutalar va NFTlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishning eng istiqbolli vositalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, smart-kontraktlar, markazlashmagan tashkilotlar va blockchain texnologiyasi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni samarali tartibga solish uchun milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
References
I. Kitob va monografiyalar
1. Nakamoto S. Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System. – 2008. – 9 p.
2. Szabo N. Smart Contracts: Building Blocks for Digital Markets. – 1996. – 18 p.
3. Tapscott D., Tapscott A. Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin Is Changing Money, Business, and the World. – New York: Penguin, 2016. – 368 p.
4. Finck M. Blockchain Regulation and Governance in Europe. – Cambridge: Cambridge University Press, 2018. – 240 p.
5. Werbach K. The Blockchain and the New Architecture of Trust. – MIT Press, 2018. – 192 p.
II. Ilmiy maqolalar va konferensiya materiallari
6. De Filippi P., Wright A. Blockchain and the Law: The Rule of Code // Harvard Journal of Law & Technology. – 2018. – Vol. 31(2). – P. 1–30.
7. Werbach K. Trust, But Verify: Why the Blockchain Needs the Law // Berkeley Technology Law Journal. – 2018. – Vol. 33. – P. 489–500.
8. Buterin V. DAOs, Governance and the Future of Organizations // Ethereum Foundation Research Papers. – 2017.
9. UNCITRAL. Technical Notes on Online Dispute Resolution. – United Nations, 2016.
10. UNIDROIT. Principles on Digital Assets and Private Law (Draft Works). – Rome, 2020–2023.
III. Normativ-huquqiy hujjatlar
11. Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Arbitral Awards (New York Convention), 1958.
12. UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration, 1985 (as amended in 2006).
13. Regulation (EU) 2023/1114 on Markets in Crypto-Assets (MiCA). – European Union, 2023.
14. FATF. Updated Guidance for a Risk-Based Approach to Virtual Assets and VASPs. – Paris, 2021.
IV. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son qarori “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-iyundagi 485-son qarori “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish choralari to‘g‘risida”.
17. O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonuni.
18. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
V. Xalqaro arbitraj institutlari materiallari
19. ICC Arbitration Rules. – International Chamber of Commerce, 2021.
20. LCIA Arbitration Rules. – London Court of International Arbitration, 2020.
21. SIAC Arbitration Rules. – Singapore International Arbitration Centre, 2025.
22. WIPO Arbitration and Mediation Center: Case Administration Guidelines. – Geneva, 2022.
VI. Internet resurslari
28. https://www.eur-lex.europa.eu (MiCA Regulation)
29. https://lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bazasi)