RAQAMLI MULK FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABAT OBYEKTI BO‘LA OLADIMI?

Authors

  • Sabina Yoqubjon qizi Zokirova Author

Keywords:

Raqamli mulk, fuqarolik huquqi obyektlari, kripto-aktivlar, kriptovalyuta, mulkiy huquqlar, huquqiy tartibga solish, intellektual mulk, raqamli aktivlarning tasnifi

Abstract

Maqolada raqamli mulkning huquqiy tabiatini aniqlash, uning fuqarolik huquqi obyekti sifatida tan olinishi masalalari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, kripto-aktivlar, NFTlar, metaversiya obyektlari, domen nomlari va boshqa raqamli aktivlarning ko‘payishi milliy va xalqaro huquq tizimlarida yangi yondashuvlar zaruratini tug‘dirayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif Qozog‘iston, Rossiya, AQSh va Shveytsariya normativ tajribasini tahlil qilgan holda, raqamli mulkning turlicha talqin qilinishi uni huquqiy muomalaga to‘liq kiritishni murakkablashtirayotganini asoslaydi. Shuningdek, O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2018-yil 3-iyuldagi Prezident qarori mazmunidan kelib chiqib, mamlakatda kripto-aktivlar mulkiy huquq sifatida tan olinayotgani, biroq ushbu sohada huquqiy mexanizmlar to‘liq shakllanmagani yoritiladi. Muallif raqamli mulkning gibrid – moddiy bo‘lmagan, lekin qiymatga ega bo‘lgan obyekt sifatidagi xususiyati sabab fuqarolik huquqi tizimiga integratsiyalash jarayonida ko‘plab konseptual va amaliy muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

References

1. Moroz.S.P. Raqamli aktivlar fuqarolik huquqi obyekti sifatida// Vestnik Karagandinskovo univesitet jurnali.(Qozog’iston)-2023-yil.No:105. 95-96-bet.

2. Blockchain & Cryptocurrency Laws 2026 | Switzerland

3. This article focuses on cryptocurrency laws in Switzerland, covering sales regulation, licensing, reporting requirements, border restrictions, and more.

4. https://www.globallegalinsights.com/practice-areas/blockchain-cryptocurrency-laws-and-regulations/switzerland/?utm_source=chatgpt.com.

5. What is the cryptocurrency regulation status around the world. https://ondato.com/blog/cryptocurrency-regulation/.

6. Pulatov.T. Raqamli moliyaviy aktivlar fuqarolik huquqi obyekti sifatida // Uzbek Journal of Law and Digital policy. -2024. https://irshadjournals.com/index.php/ujldp/article/view/245/207.

Downloads

Published

2025-12-04