VOYAGA YETMAGANLARNING MEHNAT HUQUQLARI: O‘QUVCHILARNING DARSDAN TASHQARI VAQTDA ISHLASHI VA QONUNCHILIKDAGI CHEKLOVLAR

Authors

  • Furqatov Manuchar Farruhivich Author

Keywords:

voyaga yetmaganlar, mehnat huquqi, bolalar mehnati, o‘quvchilar bandligi, mehnat shartnomasi, ish vaqti, ta’lim olish huquqi, mehnat muhofazasi, qonunchilik kafolatlari.

Abstract

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslarning mehnat huquqlari, xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining darsdan tashqari vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan ishga qabul qilish yoshi, voyaga yetmagan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti, mehnat shartnomasini tuzish tartibi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyati hamda ularni zararli va xavfli ishlarga jalb etishni taqiqlovchi normalar o‘rganiladi. Shuningdek, ta’lim olish huquqi va mehnat qilish huquqi o‘rtasidagi muvozanat, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yilgi yangi tahrir.

2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonun.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2008-yil 7-yanvar, O‘RQ-139-son.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori.

5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi. 1989-yil 20-noyabr.

6. Xalqaro mehnat tashkilotining 138-sonli “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi konvensiyasi.

7. Xalqaro mehnat tashkilotining 182-sonli “Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va ularga barham berish bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyasi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Huquqiy ma’lumotlar. https://advice.adliya.uz

9. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz

Downloads

Published

2026-11-23