PUL YUVISHGA QARSHI KURASHNING XALQARO HUQUQIY VOSITALARI VA ULARNING MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYASI
Keywords:
pul yuvish, FATF tavsiyalari, soft law, virtual aktivlar provayderlari (VASP), travel rule, Egmont guruhi, Yevroosiyo guruhi, oʻzaro baholashAbstract
Ushbu maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (pul yuvish) qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy mexanizmlari va ularning Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilinishi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida BMT konvensiyalari, FATF tavsiyalarining huquqiy tabiati va “soft law” normalarining milliy huquq normalariga taʼsiri oʻrganilgan. Ayniqsa, FATFning yangi texnologiyalarga oid 15-tavsiyasi, virtual aktivlar provayderlari (VASP) faoliyati hamda transchegaraviy monitoring doirasida “travel rule” qoidasining joriy etilishi tahlil qilinadi. Yevroosiyo guruhining (EAG) oʻzaro baholash va 2023-yilgi kuzatuv hisoboti natijalari, shuningdek, Oʻzbekiston moliya razvedkasining Egmont guruhidagi xalqaro hamkorlik infratuzilmasi yoritilgan. Tadqiqot yakunida Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va sud amaliyoti normalarini raqamli aktivlar monitoringi standartlariga muvofiq yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1. UNODC. Introduction to Money Laundering and Illicit Financial Flows. United Nations Office on Drugs and Crime Official Portal, 2024. — URL: unodc.org.
2. Egmont Group. 30 Years of International Cooperation: Egmont Group Annual Report 2024-2025, 2026. — P. 74.
3. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunsiz aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasi (Vena, 1988-yil 20-dekabr).
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, aniqlash, olib qoʻyish va musodara qilish toʻgʻrisidagi Yevropa Kengashi konvensiyasi (Strasburg, 1990-yil 8-noyabr).
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, aniqlash, olib qoʻyish va musodara qilish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Yevropa Kengashi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may).
6. BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (Palermo, 2000-yil 15-noyabr) hamda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr).
7. FATF. International Standards on Combating Money Laundering and the Financing of Terrorism & Proliferation: The FATF Recommendations. FATF, Paris, 2026. — URL: fatf-gafi.org.
8. EAG. Mutual Evaluation Report of the Republic of Uzbekistan (June 2022) & 1st Follow-up Report (Approved July 17, 2023). Eurasian Group on Combating Money Laundering, 2023. — URL: eurasiangroup.org.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida: Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004-yildagi 660-II-sonli (Sohadagi oʻzgartirishlar tarixi: OʻRQ-516, 15.01.2019; OʻRQ-640, 05.10.2020; OʻRQ-683, 21.04.2021; OʻRQ-880, 28.11.2023; OʻRQ-1057, 17.04.2025). — Lex.uz.
10. FinCEN. Message from Director Freis: 2011 Egmont Group Plenary. U.S. Financial Crimes Enforcement Network Statement, July 19, 2011.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (171 va 243-moddalar tahriri). — Lex.uz.
12. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP). Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgan raqami: 3380-son, 15.08.2022-y.). — Lex.uz.
13. Qozogʻiston Respublikasining “Raqamli aktivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, 06.02.2023-yildagi № 193-VII ZRK-sonli. — Adilet.zan.kz.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, 11.02.2011-yildagi 1-sonli. — Lex.uz.