TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARI: DAVLATLARNING XALQARO-HUQUQIY MAJBURIYATLARI VA MARKAZIY OSIYODA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Authors

  • Sodiqova Nigina Bunyod qizi Author

Keywords:

transchegaraviy suv resurslari; xalqaro suv huquqi; xalqaro-huquqiy majburiyatlar; suvdan adolatli va oqilona foydalanish; sezilarli transchegaraviy zarar; davlatlararo hamkorlik; xalqaro konvensiyalar; Amudaryo; Sirdaryo; Markaziy Osiyo; O‘zbekiston Respublikasi.

Abstract

Mazkur maqolada transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish jarayonida davlatlar zimmasiga yuklatiladigan xalqaro-huquqiy majburiyatlar hamda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro suv huquqida shakllangan suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish, boshqa davlatlarga sezilarli zarar yetkazmaslik hamda o‘zaro hamkorlik qilish prinsiplari huquqiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot doirasida 1992-yilgi va 1997-yilgi xalqaro konvensiyalar qoidalari, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida suv munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar hamda O‘zbekiston Respublikasining suv qonunchiligi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, mintaqada suv resurslarini boshqarish jarayonida davlatlar manfaatlarini muvofiqlashtirish, axborot almashish va ehtimoliy nizolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot yakunida transchegaraviy suv hamkorligining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

References

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi konvensiya. 1997-yil 21-may. BMT Bosh Assambleyasining 51/229-son rezolyutsiyasi.

2. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi. Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiya. Xelsinki, 1992-yil 17-mart.

3. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston. Davlatlararo suv manbalarini birgalikda boshqarish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim. Olmaota, 1992-yil 18-fevral.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-son “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni. URL: https://lex.uz/uz/docs/7655829

5. Rahaman, M. M. Principles of Transboundary Water Resources Management and Water-related Agreements in Central Asia: An Analysis. International Journal of Water Resources Development. 2012; 28(3):475–491. DOI: 10.1080/07900627.2012.684311.

6. United Nations Economic Commission for Europe. Guide to Implementing the Water Convention. Geneva: United Nations, 2013. ECE/MP.WAT/39.

Downloads

Published

2026-11-18