MA’NAVIY ZARARNI QOPLASH MAJBURIYATIDAN OZOD BO‘LISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Ergashev Javohir Qahramon o‘g‘li Author

Keywords:

ma’naviy zarar; fuqarolik-huquqiy javobgarlik; zarar yetkazuvchi; ayb; sababiy bog‘lanish; kompensatsiya; javobgarlikdan ozod bo‘lish; shaxsiy nomulkiy huquqlar; sud himoyasi; oqilonalik va adolatlilik; 21-sonli Plenum qarori.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida ma’naviy zararni qoplash instituti, uning huquqiy tabiati hamda ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod bo‘lish asoslari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli va 2025-yil 24-noyabrdagi 21-sonli qarorlari o‘rganildi. Ma’naviy zarar undirish uchun zarur huquqiy shartlar, aybdan qat’i nazar javobgarlik yuzaga keladigan holatlar, isbot yukining taqsimlanishi, javobgarning himoya vositalari va sudning kompensatsiya miqdorini belgilashdagi vakolatlari ochib beriladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel kuni referendum orqali qabul qilingan yangi tahrir. 13, 26, 27, 31-moddalar.

2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Birinchi va ikkinchi qismlar. 1995-1996-yillar. Xususan, 99-100, 985, 989, 1021-1022-moddalar.

3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Xususan, 71, 72, 75, 105-106, 189-moddalar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 21-sonli “Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llash amaliyoti haqida”gi qarori. Xususan, 2, 4, 21-22, 26, 28-30-bandlari.

6. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni. 34-modda.

7. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 12-1-modda.

8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy axborot materiallari. Ma’naviy zarar miqdori qanday belgilanadi?, 2024-yil 7-noyabr.

Downloads

Published

2026-11-16