HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI RASMIYLASHTIRISH TIZIMI: HUQUQIY ASOSLAR VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Authors

  • Musurmonova Farangiza Akmal qizi Author

Keywords:

Davlat xizmatlari markazi, Vazirlar Mahkamasining 408-son qarori, haydovchilik guvohnomasi, Yagona portal (my.gov.uz), idoralararo integratsiya, raqamli boshqaruv, proaktiv xizmat.

Abstract

Ushbu maqolada Davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, almashtirish va qayta tiklash jarayonining huquqiy va institutsional poydevori tahlil qilinadi. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori asosiy protsessual meʼyor sifatida oʻrganilib, Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–157-son Farmoni asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, byurokratik tartibotlarni qisqartirish va raqamli boshqaruvga oʻtish masalalari yoritilgan. Unda raqamlashtirish jarayonining inson manfaatlariga yoʻnaltirilganligi, interaktiv kiosklar, “raqamli yordamchilar”, yagona portal va litsenziyalash tizimining modernizatsiyasi orqali qulaylik va ochiqlik darajasining oshirilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, islohotlarning iqtisodiy samarasi, hududiy tenglikni taʼminlash hamda davlat boshqaruvida inson markaziy oʻringa qoʻyilayotganligi yoritilgan. Maqola Oʻzbekistonda raqamli davlat konsepsiyasining amaliy ifodasi sifatida tahliliy va badiiy-publisistik uslubda yozilgan.

Downloads

Published

2026-09-28